Namangandagi “Markaziy” stadionda Osiyo chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida “Navbahor” va “Al-Ittihod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda har ikkala jamoa hujumkor o‘yin namoyish etgan bo‘lsada, hisob ochilmadi. Endi ushbu jamoalar 22 fevral kuni Jidda shahrida javob uchrashuvida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Osiyo chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida “Nasaf” o‘z maydonida “Al-Ayn” bilan durang qayd etgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA