Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kengesi tomonidan tasdiqlangan reja asosida oʻtkazilgan seminarda Prezidentimizning PF-209-sonli Farmoni va PQ-402-sonli Qarorining mazmun-mohiyati aholi o’rtasida keng turda tushuntirilmoqda.
Oʻquv seminarida – “yettilik tizimi”ning zaruriy ahamiyati, ushbu guruhni tashkillashtirish tizimi mexanizmlari, yangi tizim natijasida aholi uchun yaratiladigan imkoniyatlar va har bir mas’ulning mahalladagi oʻrni, “Mahalla yettiligi”ni samarali tashkil etish vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berishdan iborat boʻlib hisoblanadi.
Seminarda mahalla raislari ish faoliyati, mahallabay ishlash va ishbilarmonlikni rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash, oila va xotin-qizlar, ichki ishlar, ijtimoiy muhofaza, soliq, ma’naviy va ma’rifiy, adliya sohasidagi mavzular oʻrin oldi. Seminar yakunida ishtirokchilardan test olinib, oʻzlashtirganlik darajalari aniqlanadi.
Maftuna Yusupboyeva,
QDU. Jurnalistika mutaxassisligi 2-bosqich talabasi.
Qoraqalpog’iston axborot agentligi