Bugun, 15 fevral kuni para dzyudo bo‘yicha 17 nafar sportchidan iborat O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Germaniyaning Geydelberg shahrida o‘tadigan IBSA Gran-pri musobaqasida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
“Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlarining ilk reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur nufuzli musobaqada 46 ta mamlakatning 250 nafardan ziyod para dzyudochilari qatori mamlakatimiz vakillari ham ishtirok etishadi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur turnirda 8 nafar Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari, 13 nafar para dzyudo bo‘yicha jahon chempionligiga erishgan sportchilar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, mazkur bellashuvlarda Sherzod Namozov, Feruz Saidov, Uchqun Quranboyev kabi matonatli para dzyudochilarimiz ham ishtirok etishadi.
Musobaqalar 16-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA