Ruminiyada o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Dracula“ ochiq turnirida terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning yoshlar toifasidagi bellashuvlarida vazni -57 kg bo‘lgan Samandar Olimov mezbonlar vakili Ciprian Jovcioni, ushbu vazndagi ikkinchi bokschimiz Nodirbek Allaberganov esa ozarbayjonlik Elburs Karinlini mag‘lubiyatga uchratdi. -63,5 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Elbek Baxtiyorov esa belaruslik Dores Marianoni yengib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Shuningdek, turnirning vazn toifasi 67 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari orasida Akbar Ahmadov mezbonlar sharafini himoya qilayotgan Alexandru Carare ustidan zafar quchdi. 75 kilogrammgacha vazndagi ikki bokschimiz — Norbek Abdullayev va Ruslan Esonov ham muvaffaqiyatli odimlarini davom etirdi. Aniqrog‘i, Nodirbek ukrainalik Nichita Zagarcyenconi, Ruslan esa italiyalik Ciurilo Giusepeni taslim qildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA