Veolia Energy Tashkent kompaniyasi ma’lum qilishicha, isitish mavsumi yakunlangach, issiqlik ta’minoti uchun tariflar narxi oshadi.

Kompaniya narx-navoning oshishini elektr-energiya, gaz, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari, shuningdek, issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun xarid qilingan issiqlik energiyasi narxlarining oshishi bilan izohlaydi. Tariflar 2019 yildan buyon birinchi marta oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2024 yil 8 fevralda bo‘lib o‘tgan 97-sessiyasida Veolia Energy Tashkent MCHJ XK xizmat ko‘rsatayotgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholini issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflarni belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Yangi tariflar 2023-2024 yil kuz-qish mavsumi rasmiy sanasi tugagan kundan boshlab kuchga kiradi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA