16-18 fevral kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida AI Hackathon 2024 tadbiri bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar neyrotarmoq sohasidagi ilg‘or yutuqlar bilan tanishishlari mumkin.

Xakaton doirasida ekspertlar ishtirokida mazkur yo‘nalishdagi trendlar va innovatsiyalarga bag‘ishlangan anjuman, qator taqdimotlar va panel muhokamalari tashkil etiladi. Bundan tashqari, 60 million so‘mlik mukofot jamg‘armasiga ega tanlov o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Tashkilotchilarning rejasiga ko‘ra, tadbir talabalar, mutaxassislar va innovatsiyalarga qiziquvchilarning e’tiborini sun’iy intellekt mavzusiga jalb qilishi kerak. Xakaton g‘oyalar almashish, iste’dodlarni rivojlantirish va mashinada o‘qitish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA