Prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainada umumiy safarbarlik va harbiy holatni uzaytiruvchi qonunlarni imzoladi.
“AzerTAJ” tegishli manbalarga tayanib, xabar berishicha, davlat rahbari harbiy holatni 2024 yil 14 fevraldan boshlab 90 kunga, safarbarlik muddatini 13 maygacha uzaytirilishini tasdiqladi.
Bu keng ko‘lamli urush boshlangandan beri ayni mazmunda qabul qilingan o‘ninchi qaror.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada dastlab 2022 yil 24 fevralda joriy qilingan harbiy holat davlat hokimiyati idoralari, harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv, mahalliy hokimiyatga tahdidning oldini olish uchun zarur vakolat taqdim etishni nazarda tutuvchi maxsus huquqiy tartibdir.