Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituvidagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining 2023 yil 4 dekabrdagi qaroriga asosan qarzdor “Amudaryotex” mas’uliyati cheklangan jamiyatdan davlat foydasiga 7,7 milliard so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan qarzdor “Amudaryotex” mas’uliyati cheklangan jamiyatga ijro hujjati talabini bajarish uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Berilgan muddat ichida qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, qarzdorning asosiy bank hisob raqamiga inkassa qo‘yildi va barcha hisob raqamlari hamda mol-mulklariga nisbatan cheklov o‘rnatildi.

Natijada qarzdordan undirilishi lozim bo‘lgan 7,7 milliard so‘m soliq qarzdorligi to‘lig‘i bilan undirildi va hujjat ijrosi amalda ta’minlandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri