“Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida baliq boqish uchun garovsiz kreditni 100 million so‘mgacha oshirish taklif qilindi

569

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda baliq yetishtirishni ko‘paytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda baliq yetishtirish hajmini 1 million tonnaga yetkazish va qo‘shimcha 50 ming aholini band qilish tarmoq mas’ullarining asosiy vazifasi bo‘lishi qayd etildi.

Daryo bo‘ylarida kamida 500 ta havza tashkil qilib, kooperatsiya asosida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

“Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida baliq boqish uchun garovsiz kreditni 100 million so‘mgacha oshirish taklif qilindi.

O‘zA