Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda shu haqda ma’lum qilindi.

Klaster, fermer va dehqonlar imtiyozli kredit olishini osonlashtirish maqsadida ochiq-oshkora platforma ishga tushdi.

Lekin 2024 yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning ma’lum qismi kreditlarni haligacha olmagan.

Sababi, ayrim banklar “resurs yo‘q, garov ta’minoti kerak”, degan bahonalar bilan tayyor mablag‘ni bermayapti.

O‘zA