Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda o‘g‘it sifati va ustamasi bo‘yicha ayrim tumanlarda e’tirozlar bo‘layotganiga to‘xtalib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga fermerlarga o‘z hisobidan o‘g‘it sotib olishda qulay moliyaviy mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha taklif kiritishga topshiriq berdi (masalan, bank yoki sug‘urta kafolati asosida bo‘lib-bo‘lib to‘lash, tijorat krediti foizlarini pasaytirish).

Joylardagi omborlardan klaster va fermerlarga mineral o‘g‘itni tashishda transportni logistika portalida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi.

Shuningdek, fermerlarga yoqilg‘ini o‘z vaqtida yetkazib berishda nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zA