O‘zbekistonda xorijiy tijorat tashkilotlari korxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda:
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organining huquq va majburiyatlari;
xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi;
xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarining xorijiy xodimlarini akkreditatsiya qilish tartibi;
xorijiy tijorat tanshilotlarining vakolatxonlari faoliyatini tashkil etish va tugatish tartibi belgilab berilgan.
Ikki oy muddatda murojaat qiluvchilar uchun davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali akkreditatsiya qilish, shu jumladan, portalda elektron raqamli imzosiz chet tilida ariza qoldirish imkoniyati yaratiladi.
O‘zA