AQSH ma’muriyati Vashington oldida Ukrainaga ajratilayotgan harbiy yordamdan o‘zga yo‘l yo‘q, deb hisoblaydi. Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan chorshanba kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday bayonot berdi.
– Vashington ajratayotgan ulkan miqdordagi harbiy yordamga muqobil variant yo‘q, ushbu masalada vaqt hal qiluvchi ahamiyatga ega, – dedi Sallivan.
Mulozim Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning iste’fosi haqida tarqalayotgan mish-mishlarga ham to‘xtatilib o‘tdi:
– Biz Ukraina hukumatini ham, Qurolli kuchlarini ham qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz, kadrlar bo‘yicha qaror chiqarishni ularning o‘ziga qoldiramiz. Bunday ishlar Vashingtondan yoki NATOning Bryusseldagi bosh qarorgohidan turib hal qilinmaydi.