Poytaxtimizda joylashgan “Humo Arena” majmuasida, xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionati doirasida “Humo” va “Nomad” jamoalari so‘nggi, beshinchi o‘yinini o‘tkazdi.
E’tiborli jihati shundaki, mazkur bahsni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko kuzatdi. Poytaxtimiz klubi mazkur uchrashuvda yirik 5:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Shu tariqa, “Humo” jamoasi “Nomad” klubini barcha — besh uchrashuvda mag‘lub etishni uddaladi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Humo” xokkey klubi chempionatda 77 ochko jamg‘argan holda, ikkinchi pog‘onada bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini ertaga, 9 fevral kuni “Aktobe”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA