Vashington apellyatsiya sudi AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp 2020 yildagi saylov natijasini o‘z foydasiga hal qilishga uringani bo‘yicha e’lon qilingan jinoiy ishda immunitetga ega emas, deya qaror chiqardi.
Shunday qilib, sud idorasi quyi instansiyalarda ayblanuvchiga immunitet bermaslik haqida qabul qilingan sud qarorlarini ham qo‘llab-quvvatladi.
Siyosatchining saylov shtabi ma’lum qilishicha, Tramp ushbu qaror ustidan shikoyat qilmoqchi.
2024 yil noyabrda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezident saylovida Jo Bayden qayta saylanish uchun kurashga kirishmoqchi ekanini ma’lum qilgan. Avvalgi yetakchi Tramp ham saylov oldi poygasida ishtirok etishini aytgan. Hali unda respublikachilar partiyasidan nomzod etib ko‘rsatilishi ehtimoli yuqori.