Chirchiq shahrida voleybol bo‘yicha 14 yoshgacha va undan kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionti Hamdo‘stlik kubogida vatanimiz sharafini himoya qiladigan jamoa nomini aniqlashga xizmat qiladi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev, O‘zDJTSU birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, Chirchiq shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Bekmurod Badalov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan o‘yin sport turlarini, xususan, voleybolni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi xususida to‘xtalib, turli yosh toifasidagi terma jamoalarni shakllantirishda ichki musobaqalar katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning sportchi-o‘quvchilaridan iborat 14 ta jamoa 4 ta guruhdagi bahslarda ishtirok etmoqda. Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa joriy yilning 16-20 aprel kunlari Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tadigan Hamdo‘stlik kubogida qatnashadi.
Musobaqalar 12 fevralga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA muxbiri