Joriy yil Fransiya poytaxtida o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari Toni Estange haddan tashqari ko‘p maosh olayotgani tufayli tergovga tortildi. Bu haqda xabar tarqatgan “AFP News” agentligi yozishicha, ishni Moliya prokuraturasi olib boryapti.
2020 yildan buyon mazkur lavozimda o‘tirgan Estange yiliga 270 ming yevro daromad qilgan.
Bu notijorat tashkiloti rahbariga kompensatsiya to‘lash to‘g‘risidagi qonun hujjatiga zid, deyiladi xabarda.
Voqea rivojiga munosabat bildirgan tashkiliy qo‘mita raisning maoshi tartibga solingani, bu xabar barchani qattiq taajjubga keltirganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasi 26 iyul-11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
T. Ro’ziev O’zA