AQSH rahbarligi uchun kurashda sobiq Prezident Donald Trampga yagona respublikachi raqib hisoblangan mamlakatning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli Maxfiy xizmatga himoya so‘rab murojaat qilgan.

“Wall Street Journal” yozishicha, so‘nggi paytda unga nisbatan tahdid ko‘paygani bunga sabab bo‘lishi mumkin. Xeylining o‘zi ushbu qarorga kelishi sababini oshkor etmagan.

AQSH prezidentligiga saylov 2024 yil noyabrda bo‘lib o‘tadi. Ayni payt respublikachilar partiyasidan nomzodlikka da’vogar ikki kishi – Tramp va Xeyli. Hozirgacha mazkur partiyaning olti vakili poygadan chetlashishga majbur bo‘ldi.

Amaldagi Prezident Jo Bayden ham Demokratik partiyadan nomzodi qo‘yilishini ma’lum qilgan.