Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali davlat fuqarolik xizmatidagi vakant lavozimlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.

Portal faoliyati xorijiy tajriba, nomzodlar va jamoatchilik takliflari asosida takomillashib bormoqda.

Ayni damda ochiq tanlovlarning test bosqichi ishtirokchilari uchun test savollari to‘plami milliy qonunchilik, davlat tili, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mantiqdan iborat.

Endilikda Milliy qonunchilik tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan savollar qo‘shildi.

Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, davlat xizmatiga ishga kirishda Konstitutsiyamiz bo‘yicha imtihonlar o‘tkazish tizimini amalda tatbiq etish zarurligi haqida davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan bayram tabrigida ta’kidlab o‘tilgan.

N.Abduraimova, O‘zA