FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha  Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli turnirda Osiyoning 34 mamlakatidan 250 nafarga yaqin eng kuchli og‘ir atletikachi jam bo‘lgan.

Bugun – Osiyo chempionatining 2-kungi bahslarida  Jamila Panfilova (49 kg.), Adhamjon Ergashev (61 kg.) va Nigora Abdullayeva (55 kg.) lar mahoratini namoyon etdi. Faqat Nigoragina muvaffaqiyat qozondi. Qolgan ikki nafar ishtirokchimizdan omad yuz o‘girdi.

Nigora Abdullayeva dast ko‘tarishda 86 kg., siltab ko‘tarishda esa 106 kg. va umumiy hisobda 192 kg. natija ko‘rsatib, muvaffaqiyatga erishdi: Osiyo chempionatining bronza medali sohibasiga aylandi.

Osiyo chempionati 10 fevralga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA