Chilining Valparaiso mintaqasida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘ini oqibatida halok bo‘lganlar soni 112 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Manuel Monsalve “T13” telekanali orqali ma’lum qilgan.
Avvalroq davlat sud-tibbiyot xizmati qurbonlar 99 kishi ekanini bildirgan edi.
Monsalve qayd etishicha, hozirgacha faqat 32 jasadning shaxsi aniqlangan.
Prezident Gabriel Borich 5 fevralda boshlangan yong‘in qurbonlari xotirasi uchun mamlakatda ikki kunlik motam e’lon qildi. Avvalroq Borich Valparaiso viloyatida favqulodda holat joriy etgandi.