Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda xorijdan mutaxassislarni olib kelib, eng avvalo, ona va go‘dak o‘limi yuqori 20 ta tuman va shahardagi tibbiyot xodimlarini o‘qitish topshirildi.

“Xavf guruhi”ga kirgan homilador va tug‘ruq yoshidagi ayollar bilan ishlash protokoli yangilanadi.

Tibbiyot brigadalaridagi 8,5 ming doya ilg‘or tajriba asosida reproduktiv salomatlik va homiladorlar parvarishi bo‘yicha o‘qitiladi.

Perinatal markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislarni olib kelish, 229 ta tug‘ruqxonani zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash topshirildi.

O‘zA