Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda kasalga aniq tashxis qo‘yish va davolashda vrachlarning aksariyatida texnologik karta mavjud emasligi, ayrim protokollar esa eskirgani ko‘rsatib o‘tildi. Poliklinika va shifoxonalarda xalq tabobati xonalari va fitobarlar tashkil qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning Loyiha ofisiga xorijiy ekspertlarni jalb qilib, 300 ta klinik protokol va standartlarni xalqaro mezonlarga moslashtirish topshirildi.
Oilaviy shifokorlarga kasalligi yengil bo‘lgan bemorlarni dori bilan emas, immunitetni ko‘taradigan tabiiy vositalar, jismoniy mashq va fitoterapiya bilan davolashni o‘rgatish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zA