Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Hancom academy” rahbariyati bilan “O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan “Smart sinflar” tashkil etish” hamkorlik loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, “Hancom academy” Bosh direktori Kvan-Xon Li, ijrochi direktori Pak Kinxyon hamda tashkilotning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Li Sang Il va vazirlik mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuvda “Hancom academy”  tomonidan maktablarga AKT dan foydalanish, informatsion texnologiyalar kasb yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etish maqsadida 2027 yilga qadar 1000 ta o‘quv kompyuter sinflari to‘plami bosqichma-bosqich tarzda vazirlikka taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, hamkorlik imkoniyatlarining kelgusi qadamlarini ishlab chiqish va rejalashtirish uchun tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

N.Usmonova, O‘zA