Qatar futbol maydonlarida o‘tayotgan Osiyo kubogi 1/4 final bosqichi doirasida Qatar – O‘zbekiston uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 3 fevral kuni o‘tadigan mazkur uchrashuvni koreyalik hakamlar nazorat qilib boradi.
O‘yinning bosh hakami vazifasida Kim Hi Gon, qanot hakamlari sifatida Yoon Jaye Yeol, Park Sang Jun harakatlanishi belgilandi. Zaxira hakamligi esa quvaytlik Abdulla Jamaliga yuklatildi. VAR tizimida Janubiy koreyalik mutaxassis Kim Jong Heok, AVARda esa quvaytlik Ahmad Alali faoliyat ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda aytish lozimki, Kim Hi Gon joriy mavsumda hozircha 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
E’tiborli tomoni, ushbu mutaxassis Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida “Nasaf” – “Al-Faysali” uchrashuvini boshqargan edi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA