“BCW Sports” agentligi ijtimoiy tarmoqda faol bo‘lgan xalqaro sport federatsiyalari va ushbu tashkilotlar rahbarlarining 2023 yilgi reytingini e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Xalqaro kriket kengashi (ICC) “Facebook”, “Instagram”, “LinkedIn”, “Threads”, “TikTok”, “YouTube” va “X” (avvalgi “Twitter”)dagi mavjud 106 519 541 obunachisi bilan yetakchi sifatida e’tirof etildi.
Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) va Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA) reytingning keyingi pog‘onalaridan joy oldi.
Xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari orasida Umar Kremlyov (Xalqaro boks assotsiatsiyasi) “Instagram”, Janni Infantino (FIFA) “LinkedIn” va Arkadiy Dvorkovich (Jahon shaxmat federatsiyasi) “X” tarmog‘idagi faolligi orqali 2023 yilning peshqadam sport rahbarlari, deya talqin qilindi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA