AQSH Hindistonga 3 milliard dollarlik shartnoma asosida 31 ta qurolli uchuvchisiz boshqariladigan uchoq sotilishi to‘xtagani haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan xabarlarga izoh bermadi. Bayden ma’muriyati vakili ta’kidlashicha, qurol mavzusidagi har qanday “masala”ni hal qilish uchun Kongress a’zolari bilan muntazam maslahatlashilyapti.
“Press Trust of India” axborot agentligi yozishicha, Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller o‘tgan yil iyun oyida Bosh vazir Narendra Modining AQSHga davlat tashrifi chog‘ida muhokama qilingan uchuvchisiz mega qurilmalar bo‘yicha kelishuv ikki tomonlama strategik texnologiya vositalarini takomillashtirish va harbiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyat taqdim etishini aytgan edi.
3 milliard dollarlik kelishuvga ko‘ra, Hindiston AQSHdan 31 ta “High Altitude Long Endurance” (HALE) uchuvchisiz harakatlanadigan samolyot oladi. Jumladan, dengiz floti uchun 15 ta “Sea Guardian”, quruqlikdagi armiya va harbiy havo kuchlariga esa sakkiztadan “Sky Guardian” beriladi.