FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani “Gujim terek” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Oysara savdo markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 2021 yildan buyon faoliyat yuritadi.
Korxonada asosan, ayollar uchun milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar, ko‘rpa-to‘shaklar, bir qancha turdagi pardalar tayyorlanadi. Ushbu mahsulotlarning sifati yaxshi, savdosi chaqqon. Ayni paytda korxonada 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan.
– Davlatimiz biz, tadbirkorlarni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, – deydi MCHJ rahbari Oysara Karimboyeva. – Faoliyatimiz uchun qulay sharoit va qator imtiyozlar yaratilgan. Bundan juda mamnunmiz.
Tadbirkor tijorat bankidan berilgan imtiyozli kredit hamda subsidiya mablag‘idan samarali foydalanib, korxona uchun zarur bir qancha asbob-uskunalarni xarid qildi. Shuningdek, o‘zining ikki qavatli yangi binosiga ega bo‘ldi.
Kelgusida mahsulot turini ko‘paytirish, ishchilar sonini oshirish hamda tashqi bozorga mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA