ANONS: Bozor avtoturargohlari tartibga “solinadi”mi? (+video)
235

Bozorlarda aholiga yaratilgan shart-sharoitlar qanday? Jumladan, avtoturargohlardagi xolat bugungi kun talabiga mos keladimi? Ushbu savollarga javob topish maqsadida sayyor guruhimiz Sergeli va Chorsu dehqon bozorlaridan reportaj tayyorladi.
Unda Toshkent shahar hokimi qarori shoshma-shosharlik bilan ijro qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. Vaholanki, avtoturargoh tayyor bo‘lmagan. Qolaversa bundan bozor sotuvchilari ham, xaridorlar ham norozi bo‘lgan. Balkim, aholi va avtomobillar soni tez o‘sib borayotgan bir sharoitda bu chora tirbandliklarning ham oldini olar, biroq bu xolat odamlarning kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “Sergeli” va “Chorsu” dehqon bozoridagi avtoturargohlardagi bugungi holatini to‘laqonli ko‘rishni istasangiz O‘zA xabarlarini kuzatib boring.
Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA