Qatarning Al Vakra shahrida joylashgan, dunyoning eng chiroyli stadionlaridan biri bo‘lgan “Al-Janub”da Osiyo kubogining nimchorak finali doirasidagi O‘zbekiston – Tailand uchrashuvi o‘tkazildi.
Chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi. Jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Azizbek Turg‘unboyev, Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.
Endi chorak finalda O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Ushbu uchrashuv 3 fevral kuni “Al-Bayt” stadionida o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA