AQSH Rossiyaning harbiy imkoniyatini yo‘qqa chiqarish uchun Ukrainaga yordam berishda davom etishi kerak. Bu chora NATOning ham xavfsizligini mustahkamlaydi. Shimoliy alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida shunday dedi.

– Ukrainaga ko‘maklashish – xayriya emas, balki xavfsizligimiz uchun investitsiya, – dedi Stoltenberg. – AQSH harbiy byudjetining kamgina qismi hisobidan Ukrainaga berilgan qurol Rossiyaning harbiy imkoniyatini sezilarli darajada susaytirish imkonini beradi. Qolaversa, biror Amerika askari jang maydoniga tashlangani yo‘q.

Bosh kotib ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainani mag‘lub etishi “AQSHning Eron yoki KXDR kabi dushmanlarini rag‘batlantiradi”.