“Dok-1 Maks” fojiasi: hindistonlik sudlanuvchiga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi (+video)
364

“Dok-1 Maks” fojiasi doirasidagi sud ishining 29 yanvar kungi majlisida Quramax Medical MCHJ bosh direktori sudlanuvchi Singx Ragvendra Pratarning ko‘rsatmasi tinglandi.
Unga ko‘ra, tergov jarayonida noqonuniy hatti-harakatlar qo‘llanilib, tan jarohati yetkazilgan. Singx Ragvendra Pratar bosim ostida bergan ko‘rsatmalaridan voz kechishini aytdi.
Sudlov hay’ati tergov jarayonida noqonuniy harakatlar amalga oshirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlar bo‘yicha o‘zining tashabbusi bilan qaror qabul qildi va sud tibbiy ekspertizasi tayinladi. Ekspertiza o‘tkazish ishlari Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali ekspertlari zimmasiga yuklatildi.
Shu sababli sud ishiga 2 fevralga qadar tanaffus e’lon qilindi.
Sardorbek Poyonov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA.