100.000 $ lik banknota borligini bilasizmi?

538

Amerika Qo‘shma Shtatlarining milliy pul birligi hisoblangan dollar 1786 yilda muomalaga kiritilgan. AQSH dollari xalqaro hisob-kitoblarda keng qo‘llaniladi. Dollar deganda ko‘z oldimizga keladigan $ ushbu belgini esa 1778 yilda asli irland millatiga mansub yangi orleanlik biznesmen Oliver Pollok birinchi marta pesoni ifodalash uchun ishlatgan.Xo‘sh siz dollarlarda rasmi tushirilgan insonlar kimligini bilasizmi? Keling birga tanishamiz.

1 dollarlik banknotda AQSHning 1-prezident Jorj Vashington;

2 dollarlik banknotda 3-prezident Tomas Jefferson;

5 dollarlik banknotda 16-prezident Avraam Linkoln;

20 dollarlik banknotda 7-prezident Endryu Jekson;

50 dollarlik banknotda 18-prezident Uliss Grant;

500 dollarlik banknotda 25-prezident Uilyam Mak-Kinli;

1000 dollarlik banknotda 22-prezident Grover Klivlend;

5 000 dollarlik banknotda 4-prezident Jeyms Medison;

100 000 dollarlik banknotda 28-prezident Vudro Vilson surati tushirilgan.

100 dollarlik banknotda siyosatchi Benjamin Franklin surati tushirilgan.

Nozimbek Mardonov O‘zA