AQSH Prezidenti Jozef Bayden Vashington Iordaniya va Suriya chegarasidagi bazaga qilingan hujumga javob berilishini bildirdi.
Oq uy rahbari Janubiy Karolinada jurnalistlarga bergan intervyusida “Kecha Yaqin Sharqda og‘ir kunni boshdan kechirdik, biz bunga javob beramiz”, dedi.
Mamlakat yetakchisi AQSH bazasiga uchuvchisiz uchoq hujumi natijasida uch amerikalik askar o‘ldirilganini aytdi. Avvalroq Bayden Iordaniyadagi Suriya chegarasi yaqinida dron hujumi ortidan 3 nafar harbiy halok bo‘lgani, 25 askar yaralanganini ma’lum qilgan edi. Keyinroq Markaziy qo‘mondonlik hodisa oqibatida kamida 34 kishi yaralanganini e’lon qildi.
Iordaniya hukumati esa Suriyadan chegarada joylashgan At-Tanf harbiy bazasiga hujum uyushtirilganini ta’kidlagan.