Yaponiya hukumati Ukrainaga yordam berishning 7 yo‘nalishini belgilab oldi, deb yozgan “Sankey” gazetasi.
Ukrainani iqtisodiy qayta tiklash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Yaponiya – Ukraina konferensiyasida kunchiqar mamlakat Kiyevga gumanitar yordam, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, masofaviy tibbiyot, biologiya va axborot texnologiyasi, axborot-aloqa tizimini rivojlantirishga ko‘maklashishi ma’lum qilindi.
Umuman, tadbirda 20 ta hujjat imzolanishi kutilyapti. Masalan, masofaviy tibbiyot yo‘nalishiga 10 milliard iyena (taxminan 68 million dollar) qiymatga ega investitsiya yo‘naltiriladi.
Mazkur yo‘nalishlar uch asosiy platforma bo‘yicha taqsimlanadi: zudlik bilan qayta tiklash, iqtisodiyotni kuchaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, muayyan ishlarni amalga oshirish uchun zarur muhit yaratish.