Finlyandiyadagi prezidentlik saylovining birinchi turida mashhur Aleksandr Stubb ustunlikka erishdi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, berilgan ovozlar yakshanba oqshomida sanab chiqilgach, eng ko‘p 27,1 foiz saylovchi Aleksandr Stubbni tanlagani ayonlashdi. Ikkinchi o‘rinni 25,7 foiz ovoz bilan sobiq tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto egallgan.
Prezidentlik saylovida g‘alaba qozonish uchun kamida 50 foiz ovoz to‘plash lozim edi. Demak, endi respublikaning navbatdagi rahbari ikkinchi bosqichda – 11 fevral kuni aniqlanadi.
Yangi Prezident 1 martda ish boshlaydi.