Temir yo‘l qatnovlarini pandemiyagacha bo‘lgan raqamlarga yetkazish topshirildi

240

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda viloyatlarga joriy yilda 1 ming 200 ta avtobus va elektrobus olib kelish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, pandemiya davrida temir yo‘l qatnovlari 2 karra qisqargani oqibatida qish kunlari odamlar chet elga mashina yoki avtobusda ketishga majbur bo‘layotgani, qishda yo‘llarda noxush holatlar ro‘y berayotganiga to‘xtaldi.

Transport vazirligi tizimidagi tegishli korxonada xalqaro qatnovlar uchun 167 ta avtobus bo‘lgani bilan, korxona xususiy sektor va qo‘shni davlatlar tashuvchilari bilan raqobat qila olmayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan kompleks rahbariyatiga chet ellik hamkorlari bilan muzokara o‘tkazib, temir yo‘l qatnovlarini pandemiyagacha bo‘lgan raqamlarga yetkazish topshirildi.

Xalqaro avtobusda tashishlar sohasiga xususiy sheriklarni jalb qilish va raqobatni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

 

O‘zA