1 iyuldan qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi

307

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Qurilishni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida 1 iyuldan:

– qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi;

– pudratchi tashkilotlar bajargan qurilish ishlari faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib chiqib moliyalashtiriladi;

– ob’ektni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilib, dalolatnomalar “Shaffof qurilish” orqali tasdiqlanadi;

– 10 milliard so‘mdan ortiq loyihalar bo‘yicha subpudratchilarni faqat va faqat “Shaffof qurilish” tizimi orqali tanlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tartib xalqaro moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarga ham tatbiq etiladi;

– ishlab chiqaruvchi ham, quruvchi ham, nazorat qiluvchi ham qayerda qaysi qurilish materiali qancha pul turishini onlayn kuzatib boradigan tizim bo‘ladi.

 

O‘zA