AQSHning Mayami shahrida jangovar karate bo‘yicha tashkil etilgan “Karate Combat 44″ musobaqasida hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov g‘alaba qozondi.

Jangovar karate bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur nufuzli musobaqaning ikkinchi asosiy bellashuvida aralash jang san’atlari (UFC) yo‘nalishidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov amerikalik Peter Kaballeronaga qarshi tatamiga chiqdi.

Karatening ushbu yo‘nalishidagi turnirlarda hali biron marta ham mag‘lubiyatga uchramagan amerikalik sportchi bilan Qahramonovning belgilangan 3 raundlik bahsi to‘liq hamyurtimiz ustunligida kechdi. Bu esa hakamlarning qarorida ham aks etdi. Ularning yakdil qarori bilan Saidyoqub Qahramonovning g‘alabasi e’tirof etildi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA.