Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Jadidlarning milliy ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda filial direktori A.Yesimbetov, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi S.Amirlan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, shoir R.Otarbayev so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jadidchilik harakatining namoyondalari taraqqiyotimiz va millatimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirgan ezgu ishlari aholi, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Tadbirda jadid bobolarimiz milliy madaniyatni rivojlantirish, ularning fikrlash doirasini va dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy o‘zgarishlarni amalga oshirish singari ezgu tashabbuslarni ilgari surgani ta’kidlandi.

Ishtirokchilarga joriy yilning ilk kunidan boshlab Prezidentimiz tashabbusi bilan chop etila boshlagan “Jadid” gazetasi sahifalarini doimiy kuzatib borish orqali jadid bobolarimiz faoliyati bo‘yicha keng ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkinligi aytildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.