O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchilar reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2024 yil 1 fevraldan 2024 yil 31 dekabrga qadar Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchilar reytingini yuritish tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 2024 yil 1 dekabrga qadar mazkur qarorga asosan amalga oshirilgan tajriba-sinov loyihasi natijalaridan kelib chiqib, ijobiy va salbiy holatlarni aniqlash hamda insofli tashuvchilarni rag‘batlantirishni inobatga olgan holda, Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchilar reytingini yuritish tizimini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Qaror bilan avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchilar reytingini hisoblash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Nizomda:

reytingni xisoblashga oid ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi;

reyting natijalarini xisoblash va e’lon qilish tartibi;

tashuvchilarni reytingga kiritish va undan chiqirish asoslari belgilab berilgan.

 

O‘zA