O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi  2-7 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq,  kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va  kunduzi 0-5  daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li  tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar  

25-31 yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li  tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

O‘zA