Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun amaliy seminar

307

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish va ularni qo‘llab- quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shunga ko‘ra, yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi va “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun, boshqa normativ hujjatlarga muvofiq mehnat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish, xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlariga oid huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida Farg‘onada inson resurlarini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda ishtirokchilar faoliyatda duch kelayotgan qator masalalarni o‘rtaga tashladi. Har biri bo‘yicha mutaxassislar yuridik maslahat va ko‘rsatmalar berishdi.

Interaktiv usulda tashkil etilgan amaliy seminar davomida ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyati ham berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA