Ilk marta 2023 yilning 16-20 oktyabr kunlari Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi o‘tkazildi.

Tadbirlarda 140 ta davlatdan kelgan delegatlar, turizm vazirlari va turizm ma’muriyatlari rahbarlari hamda shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan yirik kompaniyalar vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Ushbu yirik tadbirda ishtirok etgan italiyalik mehmon, “Il Giornale d’Italia gazetasi muxbiri Federiko Grandesso esa Italiya teledasturlarining birida forumdan olgan taassurotlari, unda ko‘rib chiqilgan muhim masalalarning ahamiyati, shu bilan birgalikda, mamlakatimiz haqidagi iliq taassurotlari bilan bo‘lishibdi. Ushbu suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, O‘zA