Qatar axborot agentligi – “QNA” o‘z sahifalarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Qatar bosh prokurori Issa bin Saad Al-Jafali An-Nuaimi bilan Dohada bo‘lib o‘tgan uchrashuvini yoritdi.

Maqolada ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokamasi, shuningdek, ishchan va konstruktiv muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuv batafsil bayon etilgan.

Tadbir ishtirokchilari zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish, shu jumladan, idoralararo hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirish zarurligi ta’kidlangan.

Muallif uchrashuvda Qatar tomoni prokuratura organlari faoliyatiga, hususan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan ulashganini qayd etgan.

O‘zaro muloqotning muhim voqeasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qatar Davlati Bosh prokuraturasi o‘rtasida Anglashuv memorandumining imzolanish marosimi alohida e’tirof etilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA