Bugun O‘zbekiston Milliy jamoasi Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida 3-tur o‘yinini o‘tkazadi. Srechko Katanes boshchiligidagi termamizga Avstraliya terma jamoasi raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun Mazkur bellashuv “V” guruh peshqadamini aniqlab beradi. 2-turdan so‘ng “kengurular” 6 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda, “oq bo‘rilar” esa 4 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.

Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.Shu kungacha biz Avstraliyaga qarshi 4 marta maydonga tushganmiz. Lekin biron marta g‘alabaga erishmaganmiz. Hattoki bironta gol ham urmaganmiz.

Uchrashuv bugun soat 16:30 da “Al-Janub” stadionida boshlanadi.

Nozimbek Mardonov, Doniyor Yakubov O‘zA