Bloger Fotima Hasanova xitoylik hamkorlari bilan birgalikda joriy yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan “Guinness World Records 2024”ning “Ko‘p millat vakillarini bir sahnada jamlash va xoreografik raqsni ijro etish” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Yurtdoshimiz ushbu Ginnes rekordini o‘rnatishda bir sahnada 75 millat vakillarini yig‘ishga muyassar bo‘lgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, vatandoshimiz mazkur tadbirda milliy liboslarimiz bo‘lmish zarchopon va do‘ppida hamda o‘zbek yozuvidagi “Dunyo tinchligi uchun” shiori ostida ishtirok etdi. Bu esa o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari va an’analarini keng ommaga namoyish etishga xizmat qildi.

O‘zA