Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida Olimpiya o‘yinlari g‘olibi qozog‘istonlik Olga Ripakova sovrini uchun o‘tkazilgan IX xalqaro turnirda mamlakatimizning yengil atletika bo‘yicha terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

O‘zbek atletlarining ilk medali 60 metrga to‘siqlar osha yugurishda Lidiya Podsepkina tomonidan qo‘lga kiritildi. U ushbu bahslarda 8,41 natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalga ega chiqdi. Shuningdek, o‘zining yangi shaxsiy rekordini o‘rnatdi. Huddi shu masofada erkaklar o‘rtasida hamyurtimiz Ergash Normurodov 7,90 natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning 400 metr masofaga yugurish poygasida ishtirok etgan Laylo Allaberganova terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni keltirdi. Uzunlikka sakrashda Roksana Xudoyarova bronza medali sohibasiga aylandi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA