FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida joylashgan “Lanko miya” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi qizilmiya ekstrakti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Korxona 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 42 gektar yer maydonida yetishtirilayotgan mahsulot Fransiya, Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlariga eksport qilinmoqda.
Qo‘shma korxonada 320 nafar fuqaro bandligi ta’minlangan.
O‘tgan 2023 yil davomida korxonada 2 ming tonna qizilmiya ekstrakti ishlab chiqarildi. Joriy yilda esa ishlab chiqarish hajmini 5 ming tonnaga yetkazish hamda ishchilar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA