2024 yil 19 – 20 yanvar kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq to‘qqizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshqargan majlis  videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkazildi va  YouTube tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borildi.

Majlisda 15 masala ko‘rib chiqildi. Shundan o‘ntasi qonun, qolgani boshqa masalalarni tashkil etdi.

Shu bilan yalpi majlis yakuniga yetdi.  

N.Abduraimova, O‘zA